Ta’limdan ishga o’tishdagi eng katta to’siq — tajriba talabi. Ish beruvchilar tajribali xodim izlaydi, tajriba esa ishsiz to’planmaydi. Bu doirani buzish uchun assotsiatsiya hamkor tashkilotlar bilan amaliyot dasturini yo’lga qo’ydi.
Dastur qanday ishlaydi
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ikki oylik amaliyotga yo’llanadi. Amaliyot davomida ular real loyihalarda ishtirok etadi va tajribali mutaxassis nazorati ostida ishlaydi.
Amaliyot yakunida tashkilot bitiruvchiga tavsifnoma beradi, eng yaxshilariga esa ishga taklif ham bo’lishi mumkin.
Kimlar qatnasha oladi
Birinchi bosqichda Data Science, dasturlash va data analitika bitiruvchilari qamrab olinadi. Keyinchalik boshqa yo’nalishlarga ham kengaytiriladi.
Amaliyot o’rni taklif qilmoqchi bo’lgan tashkilotlar “Qo’shilish” sahifasi orqali murojaat qilishi mumkin.