Notijorat va shaffof
Foyda maqsad qilinmaydi. Hisobotlar, boshqaruv tarkibi va ta'sis hujjatlari ochiq.
Kamida 2 ta harf kiriting
Donorlar va hamkorlar uchun
Assotsiatsiya grant beruvchi tashkilotlar, xalqaro va mahalliy hamkorlar hamda ish beruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Quyida tashkilot profili, yondashuvimiz, natijalarimiz va hamkorlik shakllari keltirilgan.
Donorlar va hamkorlar uchun
Foyda maqsad qilinmaydi. Hisobotlar, boshqaruv tarkibi va ta'sis hujjatlari ochiq.
Har bir guruh bo'yicha qamrov, bitiruv va bandlik ko'rsatkichlarini yuritamiz.
Dasturlar raqamli iqtisodiyot, bandlik va ta'lim bo'yicha davlat strategiyalariga tayanadi.
Onlayn va ko'chma mashg'ulotlar orqali poytaxtdan uzoqdagi aholini ham qamrab olamiz.
Yondashuvimiz
Har bir dastur aniq ehtiyojga javob beradi va o'lchanadigan natijaga olib keladi.
Ko'plab yoshlar va ayollar zamonaviy kasb ko'nikmalariga ega emas, hududlarda sifatli ta'lim olish imkoniyati cheklangan.
Talab yuqori kasblar bo'yicha bepul dasturlar: offlayn, onlayn va ko'chma formatlarda, tajribali ustozlar bilan.
Bitiruvchilar amaliy loyihalar, sertifikat va rezyume bilan mehnat bozoriga chiqadi, hamkorlar orqali amaliyotga yo'naltiriladi.
Ish bilan bandlik va daromad ortadi, hududlar o'rtasidagi ta'lim tengsizligi qisqaradi.
Asosiy ko'rsatkichlar va ular qaysi manbalar asosida hisoblanishi.
| Ko'rsatkich | Joriy qiymat | Manba |
|---|---|---|
| Bitiruvchilar | 2 500+ | Bitiruvchilar ro'yxati |
| Bepul dasturlar | 14 | Tasdiqlangan o'quv dasturlari |
| O'quv soatlari | 18 000+ | Mashg'ulotlar jadvali |
| Ayollar ulushi | 46% | Ro'yxatga olish ma'lumotlari |
| Ishga joylashgan bitiruvchilar | 62% | Bitiruvchilar so'rovnomasi |
| Qamrab olingan hududlar | 12 | Guruhlar joylashuvi |
| Hamkor tashkilotlar | 8 | Hamkor tashkilotlar ma'lumotlari |
Ko'rsatkichlar bitiruvchilar so'rovnomasi va hamkor tashkilotlar ma'lumotlari asosida hisoblanadi.
Bitta guruh yoki butun yo'nalishni moliyalashtiring: ustozlar, o'quv materiallari, ko'chma mashg'ulotlar.
Kompyuterlar, o'quv xonasi, internet yoki dasturiy ta'minot bilan yordam bering.
Bitiruvchilarga amaliyot va ish o'rinlarini taklif qiling.
Mutaxassislaringiz ustoz, mentor yoki ma'ruzachi sifatida qatnashishi mumkin.
Global maqsadlar
Faoliyatimiz BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va O'zbekistonning milliy strategiyalariga mos keladi.
Hamma uchun ochiq, bepul va amaliy ta'lim dasturlari.
Ayollar uchun qulay vaqtdagi va onlayn guruhlar, ayollar ulushi kuzatib boriladi.
Talab yuqori kasblar va bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan bog'lash.
Hududlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarni qamrab olish.
Dasturlarimiz Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi, «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasi va aholi bandligi to'g'risidagi qonunchilikka tayanadi.
Grant arizalari va hamkorlik shartnomalari uchun zarur hujjatlar.
Donorlar va hamkorlar uchun
Qisqacha yozing — mas'ul xodim 2 ish kuni ichida siz bilan bog'lanadi.
To'g'ridan-to'g'ri aloqa
Rahmat! Mas'ul xodim 2 ish kuni ichida siz bilan bog'lanadi.
Сайт доступен на русском языке
Перейти на русскийThis site is available in English
Switch to English