Qonun nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasini belgilaydi: bu foyda olishni asosiy maqsad qilib olmagan va olingan daromadlarni o’z a’zolari o’rtasida taqsimlamaydigan tashkilot.
Assotsiatsiya uchun ahamiyati. Aynan shu ta’rif bizning butun ish tartibimizni belgilaydi — ta’lim dasturlarimiz nega bepul ekanining huquqiy asosi ham shu. Qonun bizga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
- moliyaviy va dastur faoliyati bo’yicha belgilangan tartibda hisobot berish;
- xorijiy manbalardan olingan mablag’larni ro’yxatdan o’tkazish;
- ustavda ko’rsatilgan maqsadlar doirasida faoliyat yuritish.
Shuning uchun saytimizda Hisobotlar va Hujjatlar bo’limlari ochiq turadi — bu qonun talabi hamda jamoatchilik oldidagi mas’uliyatimiz.