Qonun yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi: ta’lim olish, kasb tanlash, mehnat qilish va ijtimoiy himoya huquqlarini ta’minlash.
Assotsiatsiya uchun ahamiyati. Dasturlarimizning katta qismi 16–30 yoshdagi yoshlarga mo’ljallangan. Qonun nodavlat tashkilotlarning yoshlar bilan ishlashdagi rolini tan oladi va davlat organlari bilan hamkorlik qilish uchun huquqiy asos yaratadi.
Qonunga muvofiq yoshlar quyidagi huquqlarga ega:
- bepul umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim olish;
- kasbga yo’naltirish xizmatlaridan foydalanish;
- mehnat bozorida teng imkoniyatlarga ega bo’lish.